» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkin


Ayni chog‘da Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2 yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi”, - deya ta’kidlagan prezident.

“Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlandi. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

“Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik”, — dedi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют