» » AQShda dunyodagi eng tezkor avtomobil sotuvga qo‘yildi. U soatiga 658 kilometr tezlikda harakatlana oladi

AQShda dunyodagi eng tezkor avtomobil sotuvga qo‘yildi. U soatiga 658 kilometr tezlikda harakatlana oladi


AQShdagi Bring a Trailer auksionida raketa ko‘rinishida yaratilgan bir o‘rindiqli strimlayner sotuvga qo‘yildi. Avtomobil bir necha marotaba jahon rekordlarini o‘rnatgan bo‘lib, uni 19 ming dollar evaziga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Rekordchi strimlaynerning kuzovi alyuminiydan ishlangan. Model karbon tormoz diskalari va maxsus parashyut bilan jihozlangan. Avtomobilni Cadillac’ning V8 “tvin-turbo” dvigateli harakatga keltiradi. Bundan tashqari, mashinaga kuchaytirilgan “orqa ko‘prik” o‘rnatilgan.

Strimlayner o‘zining birinchi rekordini 2004-yilda o‘rnatgan. O‘shanda avtomobil soatiga 497 kilometr tezlikka qadar chiqqan. Navbatdagi bellashuvda “raketamobil” 531 km/soatda marrani zabt etgan. Bu kabi poygalarda 8,2 litrli motorlar o‘rnatilgan modellar ham ishtirok etgan. Oradan bir yil o‘tgach strimlayner navbatdagi rekordini o‘rnatgan — 560 km/soat.

Biroq strimlayner asosiy rekordlarini 2006 va 2010-yillardan o‘rnatgan. Bonnevil tuz ko‘lidagi birinchi bellashuvdan oldin mashina to‘liq modifikatsiyaga uchragan bo‘lib, u soatiga 644 kilometr tezlikka erishgan. Oradan 4 yil o‘tgach, xuddi shu yerda strimlayner yangi tezlik rekordini o‘rnatgan va u hozirgacha saqlanib kelmoqda — 658 km/soat.

Avtomobil 10 yildan buyon harakatsiz turibdi va texnik ta’mirga muhtoj. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, strimlaynerni harakatga keltirishda yoqilg‘i sifatida nafaqat benzin, balki boshqa turdagi yoqilg‘idan ham foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: Bloodhound LSR raketamobili start vaqtida oddiy mashinaga yutqazib qo‘ydi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют