» » Fotogalereya: 2017-yilning eng yaxshi avtomobillari

Fotogalereya: 2017-yilning eng yaxshi avtomobillari


Ideal avtomobil mavjud emas, biroq ma’lum bir vaziyat uchun ideal variantni topsa bo‘ladi. Insider Pro 2017-yilning eng yaxshi avtomobillari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Mercedes-Benz AMG GTR — 157 000 dollar

577 ot kuchiga ega to‘rt litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan ushbu model soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada chiqa oladi. AMG saloni isitiladigan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Ferrari GTC4Lusso — 300 000 dollar

680 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan modelga 0 dan soatiga 100 kilometr tezlikka chiqish uchun 3,4 soniya kifoya qiladi. Uning maksimal tezligi 334 km/soat.

Ushbu model o‘zining yukxonasi kengligi bilan ajralib turadi, shuningdek, uning orqa o‘rindig‘iga bitta odam bemalol sig‘adi.

Lamborghini Aventador S — 442 000 dollar

Afsonaviy V12 dvigateli bilan jizohlangan Aventador’ning quvvati 700 ot kuchiga teng. Soatiga yuz kilometr tezlikka 2,9 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi 350 km/soat.

Rolls-Royce Phantom — 450 000 dollar

563 ot kuchiga ega 6,75 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan Phantom 5 soniyada 100 kilometr tezlikka erishadi.

Ushbu modeldan qirolicha Yelizaveta II va boshqa ko‘plab milliarderlar foydalanadi.

BMW 760iM — 156 495 dollar

601 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozangan sedan 3,6 soniyada 100 kilometr tezlikka chiqa oladi. Maksimal tezligi esa 249 km/soatga teng.

Modelga massaj o‘rindiqlar, Bowers & Wilkins Diamond Surround Sound audiotizimi va spa-markazlardagi kabi avtomatik qoraytirgich o‘rnatilgan.

Porsche 911 Turbo Cabriolet — 182 000 dollar

Porsche 911 Turbo Cabriolet’ning 2017-yilgi versiyasi Audi va Mercedes’ning kabrioletlaridan ko‘ra tezkorroq. U 3 soniyada 100 kilometr tezlikka chiqa oladi. Maksimal tezligi esa 319 km/soatga teng.

Volvo V90 Cross Country — 55 300 dollar

Volvo V90 Cross Country keng salonga ega bo‘lib, to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamaslar uning yonida ma’nisiz shishirilgandek tasavvur uyg‘otadi. Shuningdek, u o‘z dizayni bilan ham boshqa krossoverlardan ajralib turadi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют