» » “O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi

“O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi


Toshkentning Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida koronaviruvsga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun 500 kishiga mo‘ljallangan koyka-o‘rinlar tashkil qilingani xabar berilgan edi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu markazga tibbiyot xodimlari ishga taklif etilmoqda.

Qayd etilishicha, ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:

Ish vaqti 12 soatdan iborat bo‘lib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to‘liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to‘lab boriladi. Taklifga qiziqish bildirganlar quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin: (71) 210 02 02, (71) 210 02 31.

Ma’lumot uchun, “O‘zekspomarkaz”dagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu markaz koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlashga mo‘ljallangan. Agar zarurat tug‘ilsa, “O‘zekspomarkaz”ning boshqa pavilyonlari ham koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan zonaga aylantiriladi.

Bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bo‘lib, vaziyat juda og‘irlashganida “B rejasi” bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Markazni tashkil etish va ta’minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.

Mazvuga doir: Toshkent viloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralar ishga taklif qilinmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют