» » Toshkent viloyatida 1,5 tonnadan ziyod noqonuniy alyuminiy olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 1,5 tonnadan ziyod noqonuniy alyuminiy olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchi qo‘lga olindi


Toshkent viloyatida Isuzu mashinasida 1,5 tonnadan ko‘proq miqdorda alyuminiy rangli metallini noqonuniy ravishda olib ketayotgan haydovchi fosh qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 19-iyul kuni Toshkent viloyatining “Chinor” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari kichik serjant J.Abdurahmonov va safdor Y.Toshev tekshirish uchun Isuzu transport vositasini to‘xtatgan. Transport vositasi ko‘zdan kechirilganda avtomobil yukxonasida qoplarga yashirilgan alyuminiy parchalari borligi aniqlangan.

1986-yilda tug‘ilgan haydovchi U.A.dan ushbu alyuminiy parchalarining hujjatlari so‘ralganda bu borada tegishli hujjatlarni taqdim etmagan. Shundan keyin ushbu rangli metallar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va Ohangaron tumani IIBga topshirilgan.

Surishtiruv jarayonida mashinada umumiy og‘irligi 1510 kilogramm (1,5 tonna) bo‘lgan rangli metall parchalari borligi aniqlangan.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida YPX inspektori qidiruvdagi firibgarni ushladi

Avvalroq Buxoro viloyatida bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan ikkita Howo rusumli yuk mashinasining ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali noqonuniy imtiyoz olishga urinish holatlari aniqlangani, 13-martda O‘zbekistonga yuk mashinalarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh qilingani, 12-aprel kuni Davlat bojxona qo‘mitasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qiymati 20 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘yilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 123) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют