» » Qashqadaryoda 10 tonnadan ziyod rangli metallning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda 10 tonnadan ziyod rangli metallning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi


Qashqadaryoda rangli metallni noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketishga urinish holatlari fosh etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish to‘g‘risida” farmonga muvofiq rangli metall parchalari va chiqindilarini O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlangan.

Qashqadaryo viloyati bojxona xizmati xodimlari hamda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda qora va rangli metallni mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketish bilan bog‘liq holatlar fosh qilindi. Xususan, Chiroqchi—Qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi Qo‘ng‘irtog‘ YPX maskani yaqinida to‘xtatilgan. Mashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 23 million 190 ming so‘mlik, 10 tonnadan ziyod alyuminiy va qo‘rg‘oshin aniqlangan. Shuningdek, Qarshi—Beshkent yo‘lida Nexia rusumli avtomashinasi saloni va yukxonasidan 500 ming so‘mlik 123 kilogramm qo‘rg‘oshin, alyuminiy va mis topilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют