» » Farg‘onada 372 ta akkumulyatorni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada 372 ta akkumulyatorni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi


2017-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning turli hududlarida qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini mamlakatdan tashqariga olib chiqish bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jumladan, “Farg‘ona” chegara-bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro o‘z boshqaruvidagi “KamAZ” yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilishidan avval bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham yonida ortiqcha yuklari yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ammo bojxona ko‘rigi davomida ushbu avtomobil yukxonasida kigiz va yog‘och bilan to‘silgan yashirin bo‘lma tashkil qilinganligi va unga 1,4 tonna og‘irlikdagi 176 ta muqaddam foydalanilgan akkumulyator ortilganligi aniqlandi. Xuddi shu usulni qo‘llagan yana bir fuqaro salkam 1,9 tonna og‘irlikdagi 172 ta, boshqa bir shaxs esa salkam 160 kilogramm og‘irlikdagi 24 ta akkumulyatorni yashirin ravishda olib chiqishga uringan paytda bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham keyinchalik qayta sotish va mamlakatdan olib chiqish maqsadida noqonuniy ravishda saqlanayotgan rangli metall chiqindilarning “ombor”ini fosh qildi. G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi shaxsning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 1,7 tonnadan ortiq rangli metall parchalari noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Viloyat bojxonachilari, shuningdek, Isuzu rusumli yuk avtomashinasida noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 4,1 tonnaga yaqin rangli metall parchalarini o‘z vaqtida to‘xtatib qoldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют