» » Farg‘onada qo‘shni davlatga o‘tmoqchi bo‘lgan Mercedes Benz yukxonasidan 828 kilogramm mis metalli aniqlandi

Farg‘onada qo‘shni davlatga o‘tmoqchi bo‘lgan Mercedes Benz yukxonasidan 828 kilogramm mis metalli aniqlandi


Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan rangli metall parchalarini yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishlardan biri bartaraf etildi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida harakatlanayotgan Mercedes Benz rusumli avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida qo‘shni davlatga noqonuniy ravishda olib chiqish uchun mo‘ljallangan 23 dona polietilen qoplarda umumiy qiymati 4 million 400 mingdan ortiq, sof og‘irligi 828 kilogramm mis rangli metall parchalari olib ketilayotganligi aniqlandi.

Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu rangli metall parchalari fuqaro A.Yoribekovga tegishli bo‘lib chiqdi. Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1851-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu moddaga ko‘ra, rangli metall parchalari va chiqitlarini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, noqonuniy o‘tkazishga urinish jarima, 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 6 oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda rangli metall parchalari va chiqindilarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlangan. Bu turdagi mahsulotlarni eksport qilish faqatgina Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют