» » Yangi Ford Bronco yo‘ltanlamasi Lego konstruktori yordamida yaratildi (foto)

Yangi Ford Bronco yo‘ltanlamasi Lego konstruktori yordamida yaratildi (foto)


Ford muhandisi Piter Blekert yangi Bronco yo‘ltanlamaslarining o‘yinchoq nusxalarini Lego yordamida yaratdi. Konstruktorda Shvetsiya modelining rasmiy jamlanmalari yo‘qligiga qaramay, yangi avtomobillar ajoyib holatda yig‘ilgan, deb xabar beradi Motor.

Piter Blekert Instagram’dagi sahifasi orqali o‘zi yig‘gan yo‘ltanlamasning ikki va to‘rt eshikli versiyalari suratlarini e’lon qilgan. Kichik model sariq detallardan yig‘ilgan bo‘lsa, to‘rt eshikli modifikatsiya esa ko‘k rangga ega bo‘lgan.

Muhandis o‘yinchoq Bronco’ni yechiluvchi tom, zaxira g‘ildiragi, qanot va kvadrat tayanchlari bilan yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, yangi yo‘ltanlamasning mitti nusxalarining eshiklari va kapoti ochiladi.

Ikkala model ham Lego konstruksiyasining standart jamlanmasi yordamida yig‘ilgan. Hozircha Lego yangi avlod Ford Bronco uchun o‘zining maxsus versiyasini taqdim etmagan.

Avvalroq Honda markasi Lego kompaniyasi mutaxassislari bilan birga konstruktor yordamida Avstraliyadagi dunyoga mashhur Mount Panorama poyga trassasini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Suratkash ralli poygalaridagi mashhur kadrlarni Lego yordamida takrorlashga muvaffaq bo‘ldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют