» » Sharliz Teron “O‘lmas gvardiya” filmi suratga olish jarayonida jarohat olib, 3 ta jiddiy operatsiyani boshidan o‘tkazdi

Sharliz Teron “O‘lmas gvardiya” filmi suratga olish jarayonida jarohat olib, 3 ta jiddiy operatsiyani boshidan o‘tkazdi


Taniqli Gollivud aktrisasi Sharliz Teron “O‘lmas gvadriya” jangari filmida suratga tushish vaqtida uchta murakkab operatsiyani boshidan o‘tkazganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Sharliz Teronning so‘zlariga ko‘ra, u suratga olish vaqtida olingan jarohatlar naqadar jiddiy ekanligini bilsa-da, ishlashda davom etgan. Ta’kidlanishicha, aktrisaning jarohatlari suratga olish ishlari tugashiga besh hafta qolganida bezovta qilgan.

Teron suratga olish maydonchasida tryuklarni o‘zi tez-tez mustaqil bajarib turadi, bu esa ko‘pincha turli jarohatlar bilan yakunlanadi. Bu safar u tirsak nervini qisib qo‘ygan, bosh barmog‘i esa suyakdan ko‘chib ketgan. Shu sabab aktrisa ma’lum muddat o‘zining qo‘lini boshqara olmay qolgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘lmas gvardiya” filmi Netflix tomonidan iyul oyida taqdim etilgan bo‘lib, servis tarixidagi eng mashhur filmlardan biriga aylandi.

Mavzuga doir: “Burj Xalifa”dagi Tom Kruz va chiroqlar ilingan ustunga sakragan Jeki Chan: Kino olamidagi qoyilmaqom 10 tryuk



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют