» » OAV: Tom Kruzning jarohati sabab “Uddalab bo‘lmas topshiriq — 6” filmining suratga olish ishlari to‘rt oyga qoldirilishi mumkin

OAV: Tom Kruzning jarohati sabab “Uddalab bo‘lmas topshiriq — 6” filmining suratga olish ishlari to‘rt oyga qoldirilishi mumkin


Aktyor Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining oltinchi qismini Londonda suratga olish vaqtida to‘pig‘ining ikkita suyagini sindirib oldi. Bu haqda The Sun gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Tom jiddiy jarohat oldi, u o‘zini qayta tiklab olishi uchun bir necha oy kerak bo‘ladi. U filmning mashhur yulduzi va barcha voqealar uning atrofida sodir bo‘ladi. Film rahbariyatining suratga olish ishlarini to‘xtatib turishdan boshqa iloji yo‘q”, — deya ma’lum qiladi nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning davolanishi sabab filmni suratga olish ishlari to‘rt oyga qoldirilishi mumkin.

TMZ yangiliklar portali 13-avgust, yakshanba kuni Kruz qurilish narvonlaridan qo‘shni binoga sakrashni amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatning videosini e’lon qilgan. Biroq 55 yoshli aktyor sakrash trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmagan va bino tomining burchagiga borib urilgan.

“Uddalab bo‘lmas topshiriq — 6” filmi katta ekranlarga 2018-yilning iyunida chiqishi rejalashtirilgan. Uning oldingi qismi 2015-yilda prokatlarga chiqib, 700 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘gan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 12:43)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют