» » Samarqand viloyat SSB rahbari hozirda aniqlanayotgan koronavirus bemorlari 100 foiz aholi orasidan chiqayotganini aytdi

Samarqand viloyat SSB rahbari hozirda aniqlanayotgan koronavirus bemorlari 100 foiz aholi orasidan chiqayotganini aytdi


Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kundan kunga og‘irlashib bormoqda.

Uning aytishicha, kasallik boshlangan dastlabki vaqt, ya’ni mart oyida kasallik og‘ir bo‘lmasa ham, odamlar karantin qoidalariga yaxshiroq amal qilgandi. Bugungi kunda esa odamlar vaziyatning og‘irligiga, kasallik og‘ir kechayotganiga va o‘limlar soni ortib borayotganiga qaramasdan, karantin qoidalariga amal qilmay qo‘ygan.

“Avval bir kunda aniqlangan kasallarning 30-40 foizi aholi orasidan, qolganlari karantin muassasalaridan chiqqan bo‘lsa, bugun 100 foiz aholi orasidan chiqyapti. Aholi orasida mana shu kasallik yuribdi”, — dedi Davronbek Jumaniyozov.

Boshqarma rahbarining ma’lum qilishicha, kasallik asosan Samarqand shahrida aniqlanmoqda. Shu paytgacha aniqlangan kasallarning 260 nafari Samarqand shahriga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarda Toyloq tumani — 91 nafar, Oqdaryo tumani — 64 nafar, Urgut va Payariq tumanlari — 48 nafardan hamda Pastdarg‘om tumani 40 nafar bemor bilan turibdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 17-iyuldan boshlab aholi orasida koronavirusga chalingan bemorlar aniqlangani haqida xabar bermayapti. Vazirlik so‘nggi marta 16-iyul kuni faqat Toshkent shahrida aholi orasida koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan.

Samarqand viloyatida 21-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan 738 nafar bemor qayd etilgan, ulardan 641 nafari tuzalgan, 3 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют