» » APL. “Manchester Yunayted” so‘nggi tur olidan ochko yo‘qotdi

APL. “Manchester Yunayted” so‘nggi tur olidan ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 37-turida “Manchester Yunayted” 22-iyul, chorshanba kuni “Vest Hem”ni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining ustunligida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish londonliklarga nasib etdi. Pol Pogba o‘z jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida penalti belgilandi. Uni Maykl Antonio golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Meyson Grinvurd Antoni Marsyalning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirishga erishdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur natijadan so‘ng “Manchester Yunayted” 63 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Hem” (38) esa bu durangdan keyin ligada jon saqlab qoldi.

So‘nggi turda Ole Gunnar Sulsher shogirdlari “Lester” (62) maydoniga safar qiladi. Aynan shu o‘yinda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi hal bo‘ladi.

APL

37-tur bahsi

22-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 45+2, penalti Antonio, 1:1 – 51 Grinvud.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Lindelyof, Uilyams, Fosu-Mensa (Uan-Bissaka, 46), Matich, Pogba, Brunu Fernandesh, Marsyal, Reshford (Igalo, 85), Grinvud.

“Vest Hem”: Fabianski, Ogbonna, Diop, Kressuell (Masuaku, 75), Jonson, Fornals, Rays, Antonio (Aller, 78), Souchek, Bouen, Nobl.

Ogohlantirishlar: Fosu-Mensa (44), Reshford (70), Brunu Fernandesh (81), Masuaku (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют