» » Xitoyda COVID-19 aniqlanganlar soni bir sutkada 22 kishiga, Janubiy Koreyada 59 kishiga oshdi

Xitoyda COVID-19 aniqlanganlar soni bir sutkada 22 kishiga, Janubiy Koreyada 59 kishiga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 22 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 31 ta holat aniqlandi, bemorlarning 15 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Aniqlangan yangi kasallanish holatining 19 tasi mamlakatning o‘zida, qolgan 3 tasi chetdan yuqtirilgan. 21-iyulda 11 kishida, 20-iyulda 22 kishida, 18-iyulda esa 19 kishida koronavirus qayd etilgandi.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 729 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 855 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 251 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 31 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 176 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoy COVID-19 vaksinasi sinovini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 59 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 938 nafarga yetdi. 22-iyulda 63 kishida, 21-iyulda 45 kishi, 20-iyulda 26 kishida koronavirus aniqlangandi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 39 tasida virus mamlakatning o‘zida, qolgan 20 ta holatda chetdan yuqtirilgan. Bu Janubiy Koreyada virusni mamlakatning o‘zida yuqtirish bilan bog‘liq so‘nggi 18 kunda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Janubiy Koreyada qonunchiligiga ko‘ra, COVID-19’ga chalingan chet el fuqarolari bepul davolanish huquqiga ega. Ayni paytda esa chet ellik fuqarolarning koronavirusga chalinishi holati oshayotgani tufayli hukumat ushbu qonunga o‘zgartirish kiritib, ularga davolanish xarajatining bir qismini qoplatish niyatida.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, sutka davomida 186 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 572 nafarga yetdi. Virus qurbonlari soni o‘zgarmagan, 297 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют