» » Qashqadaryolik bloger Zoir Mirzayevning matbuot kotibi va bir nechta mas’ullar koronavirusda gumonlanib, karantinga olinganini xabar qildi. Hokimlik esa buni rad etdi

Qashqadaryolik bloger Zoir Mirzayevning matbuot kotibi va bir nechta mas’ullar koronavirusda gumonlanib, karantinga olinganini xabar qildi. Hokimlik esa buni rad etdi


Qashqadaryolik bloger Kapitan Karimov viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov boshchiligida hokimliklarning bir nechta ishchi xodimlari koronavirusda gumonlanib karantinga olinganini xabar qildi.

Blogerning aniqlik kiritishicha, mas’ullar bugun, 23-iyul kuni ertalab karantinga olingan.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati esa mazkur xabarni rad etdi.

“Aslida holat unday emas, deb yozadi viloyat hokimligi axborot xizmati . — Xodimlar salomatligini saqlash maqsadida karantin hududlariga borgan mas’ullardan doimiy test olinadi. Bloger kanalida keltirilgan mas’ullar ham karantin hududidan qaytgach, xususiy klinika borib test topshirgan, xolos”.

Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev ertaga, 24-iyul kuni ushbu vaziyat va vohada koronavirus bilan bog‘liq masalalarga doir axborot berish maqsadida jurnalistlar va blogerlar ishtirokida brifing o‘tkazadi.

“Daryo” muxbiri Kapitan Karimov nomi bilan kanal yurituvchi bloger Umid Karimov bilan mazkur masala yuzasidan muloqot qildi.

“Qo‘limga tushgan xatda viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov bilan birga bir nafar kotibiyat mudiri va yetakchi mutaxassis koronavirusda gumonlanib, 23-iyul kuni tongda karantinga olingani yozilgandi. Shuningdek, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva, Shahrisabz shahar va Mirishkor tuman hokimliklarining bir nechta ishchilari ham kasallikda gumonlangani hamda Ahror Sodiqov bilan birga GTL zavodiga borgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov ham gumonlanuvchi sifatida yakkalangani xabar qilingandi. Mazkur ma’lumotni aniqlashtirish maqsadida Ahror Sodiqovga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qildim. Ammo javob bermadi. Demakki, ma’lumot to‘g‘ri degan xulosaga keldim”, — deydi Umid Karimov.

Umid Karimovning aytishicha, mazkur ma’lumotni Telegram kanalida e’lon qilganidan keyin ham Ahror Sodiqov u bilan bog‘lanib, ma’lumotning noto‘g‘riligiga e’tiroz bildirmagan.

“Daryo”muxbiri bilan telefon orqali muloqot qilgan Ahror Sodiqov Kapitan Karimov tarqatgan ma’lumot xato ekanligini va ayni kunda faoliyatida davom etayotganini bildirdi. Shuningdek, ortiqcha gumonlarga chek qo‘yish maqsadida ishda ekanligini ko‘rsatuvchi va ayni paytda sog‘lig‘ida muammo yo‘qligini isbotlovchi video ham taqdim etdi.

“Daryo” muxbiri Qarshi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Ali Ergashev bilan ham bog‘lanib, tuman hokimi haqidagi gapning rost yoki yolg‘onligi bilan qiziqdi.

“Bugun ertalab hokim bilan ko‘rishdim. Hokim aynan bugun, 23-iyul kuni aholi bilan ham ko‘rishdi, muammolari haqida gaplashdi”, — dedi Ali Ergashev.

Qarshi tuman hokimligi rasmiy kanalida bugun, 23-iyul kuni berilgan ma’lumotda ko‘ra, hokim Maqsuda Mustafoyeva haqiqatan ham Call-markazidan qaytib, fuqarolar murojaatini tinglagan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunovning karantinga olingani haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida boshqarma axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov bilan bog‘lanishga urindik. Biroq Egamov telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Eslatib o‘tamiz, hokim va hokimlik mas’ullarining koronavirusga chalingani sir saqlanishi bir necha bor o‘z isbotini topdi. Jumladan, Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani va Toshkent shahrida davolanishdaligi haqidagi ma’lumot ham bir necha kundan so‘ng tan olingandi. Shuningdek, Muzrabot tumanida koronavirusdan vafot etgan 35 yoshli fuqaroning hokimlikda ishlashi ham keyinchalik ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют