» » Qashqadaryolik shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga koronavirus yuqtirgan

Qashqadaryolik shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga koronavirus yuqtirgan


Qashqadaryo viloyatida oilaviy tadbirda ishtirok etgan shifokor 30 nafar fuqaroga koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning qashqadaryoliklarga qilgan murojaatida ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, 9-iyul, payshanba kuni viloyat hokimi boshchiligida maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

“Kasbi shifokor bo‘lgan fuqaromiz karantin talablariga rioya etmagan holda joriy yilning 24-iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirishga sabab bo‘ldi”, — degan Zoir Mirzayev.

“Daryo”ga taqdim etilgan Qamashi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga yozgan xatidan ma’lum bo‘lishicha, tumandagi oilaviy tadbirda ishtirok etgan shifokor sabab 2020-yilning 1-iyul kuni 58 kishi karantinga olingan.

Viloyat hokimi Zoir Mirzayev ta’kidlagan shifokor voqeasining mazkur holatga qay darajada aloqasi borligi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodi qurilishida qatnashayotgan 127 nafar kishida koronavirus aniqlani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют