» » Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi, shaharga kirish-chiqish taqiqlandi

Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi, shaharga kirish-chiqish taqiqlandi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevning Shahrisabz shahriga tashrifi ortidan 10-aprel soat 00:01 dan e’tiboran shaharga kirish-chiqish taqiqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev 9-aprel kuni Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida bo‘lgan. Hokim tashrifi chog‘ida Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilingan.

Viloyat hokimi tashrifi davomida Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani bilan tanishgan. O‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan mas’uliyatsizlik qilgan sanitariya-epedimiologik osoyishtalik markazining Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tumani bo‘limi rahbarlari Faxriddin Jumanov hamda Ozoda Eshqobilovaga, shuningdek sanitariya-epedimiologiya nazorati inspeksiyasi Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tuman filiali rahbarlari Q.Xudoyqulov va Ch.Qodirovga hayfsan berilgan.

Mavzuga doir: Qarshi shahriga kirish-chiqish 28-martdan boshlab to‘xtatiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют