» » Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi davomida Shahrisabz shahri, Qamashi, Koson va Yakkabog‘ tumanlari hokimlari o‘zgardi

Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi davomida Shahrisabz shahri, Qamashi, Koson va Yakkabog‘ tumanlari hokimlari o‘zgardi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabrdan beri tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. “Daryo” manbasining xabar berishicha, tashrif davomida viloyatning ayrim hududlari rahbarlari o‘zgargan.

Xususan, Qamashi tumani hokimi Faxriddin Do‘stmurodov ishdan olingan, uning o‘rniga shu vaqtgacha Bekobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Sherali Sanayev tayinlangan.

Shuningdek, Yakkabog‘ tumani hokimi Jahongir Boboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rnini Shomurod Do‘nayev egallagan — u bungacha viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i edi.

Bundan tashqari, Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusurov o‘rniga shu vaqtgacha “O‘zsanoatqurilishbank”da bosh boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan To‘lqin Karimov tayinlangan.

Koson tumaniga rahbarlik qilib kelgan Baxtiyor Rajabov ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga shu vaqtgacha viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasini boshqarib kelgan Asror Boyqarayev tayinlangan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Qarshi shahri va Shahrisabz tumani to‘rtliklari (hokimi, prokurori, bosh militsioneri va bosh soliqchisi) qattiq ogohlantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют