» » Yuk mashinasi Shanxaydagi eng qadimiy ko‘prik po‘lat konstruksiyasiga kelib urildi

Yuk mashinasi Shanxaydagi eng qadimiy ko‘prik po‘lat konstruksiyasiga kelib urildi


Og‘ir yuk mashinasi Shanxaydagi qadimiy Vaybaydu ko‘prigining po‘lat konstruksiyasi yon qismiga kelib urildi. Avariyada qurbonlar bo‘lmadi, biroq ko‘prikka sezilarli ziyon yetdi, deya xabar beradi “TASS”.

Hodisa 25-aprel, seshanba kuni tongda ro‘y berdi. Ko‘prikda harakatlanayotgan yuk mashinasi to‘satdan boshqaruvni yo‘qotdi va ko‘prikning qatnov qismini yo‘lovchilar yo‘lagidan ajratuvchi po‘lat konstruksiyaga kelib urildi.

To‘qnashuv tufayli konstruksiya ustunlaridan biri jiddiy shikastlandi. Haydovchi yengil jarohat oldi.

Ma’lumot uchun, 1907-yilda qurilgan va Suchjou daryosining ikki qirg‘og‘ini birlashtiruvchi Vaybaydu ko‘prigi Shanxay madaniy merosi obyektlari qatoriga kiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют