» » A Seriya. “Yuventus” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. “Yuventus” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 35-turida “Yuventus” 23-iyul, payshanba kuni “Udineze” mehmoni bo‘ldi.

Dastlab turinliklar 42-daqiqada Matteys de Ligtning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq maydon egalari ikkinchi bo‘limda bunga ikkita gol bilan javob qaytara oldi.

52-daqiqada Iliya Nestorovski muvozanatni tiklagan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Seso Fofana “Udineze”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Yuventus” muddatidan avval chempionlikni hal qila olmadi. Hozirda jamoa 80 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Udineze” (39) esa 15-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

A Seriya

35-tur bahsi

23-iyul, payshanba

Gollar: 0:1 – 42 de Ligt, 1:1 – 52 Nestorovski, 2:1 – 90+2 Fofana.

“Udineze”: Musso, Zegelar (Larsen, 69), Rodrigo Bekao (De Mayo, 90), Nyuytink, ter Avest (Samir, 78), Fofana, Sema, de Paul, Trost-Ekong, Nestorovski, Okaka Chuka.

“Yuventus”: Shchensni, de Ligt, Danilo (Kuadrado, 75), Rugani, Aleks Sandro, Bentankur, Rabyo, Remzi (Matyuidi, 60), Bernardeski (Duglas Kosta, 60), Dibala, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Remzi (1), Trost-Ekong (20), Zegelar (68), Kuadrado (83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют