» » Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo hokimi videomurojaat orqali ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi

Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo hokimi videomurojaat orqali ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi


Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalinib, Toshkent shahrida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda To‘ra Bobolovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan, Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur xabarlarni rad etdi. Mazkur xabarlar ortidan turli mish-mishlarning oldini olish maqsadida To‘ra Bobolovning o‘zi 24-iyul kuni videomurojaat qilib, ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi.

“Assalom alaykum. Bugun 24-iyul 2020-yil. Men hozirgi vaqtda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolanishdaman. Qisqa vaqtda oliy toifali shifokorlar menga yaqindan ko‘mak berib, sog‘lig‘imni ancha tiklab oldim. Xudo xohlasa, qisqa kunlarda davolanib chiqib, ishni davom ettirish uchun kuch-g‘ayratimiz yetarli. Yana bir bor katta rahmat”, — dedi Surxondaryo viloyati hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalingan va Nukus shahrida davolanmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov koronavirusga chalinib, hozirda sog‘aygani haqida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Surxondaryo hokimining koronavirusga chalingani bir necha kun yashirildi. U COVID-19 ni yuqtirib olgan yagona hokim emas



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют