» » Shveysariyalik olimlar antivirus jinsilarni yaratdi

Shveysariyalik olimlar antivirus jinsilarni yaratdi


Shevsariyaning HeIQ kompaniyasi mutaxassislari matodagi virus zarralarini yo‘q qilishga qodir texnologiya yaratdi. Hozirda ushbu ixtiro jinsi matolarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan va antivirus kolleksiya yaratilmoqda, deb yozadi Dazed.

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, Viroblock nomli mazkur texnologiya ustidagi ishlar 2013-yilda boshlangan, pandemiya esa tadqiqotlarni tezlashtirib yuborgan.

Dastlab maxsus qoplamani himoya niqoblarida ishlatish rejalashtirilgan, biroq kompaniya dizaynerlar bilan birlashib, antivirus jinsilar kolleksiyasini taqdim etgan.

Viroblock bu — jinsilar ustiga qoplangan yupqa plyonka. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, mazkur plyonka viruslarni “tutib qoladi” va uni yarim soat ichida butkul o‘ldiradi.

Viroblock jinsilarini 30 martagacha yuvish mumkin. Shundan so‘ng mato o‘zidagi viruslarni o‘ldirish xususiyatini yo‘qotadi.

Avvalroq Yaponiyada nutqni tarjima qilish funksiyasiga ega niqob yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют