» » Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli ayol vafot etdi


Koronavirusga chalingan poytaxtlik 64 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka va bosh miya shishidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.S. ismli ayol 13–18-iyul kunlari Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi kardiologiya bo‘limida davolangan. 18-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va bemor Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, zo‘riqish stenokardiyasi, terminal o‘pka va bosh miya shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan (insult) so‘nggi holat, yurak ishemik kasalligi, miokard infarktidan so‘nggi kardioskleroz, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Ammo bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishi hamda bosh miya shishidan vafot etgan.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha — 110, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 116-o‘lim holati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют