» » Luish Figu: Ronalduning o‘rnini hech kim bosolmaydi, biroq “Real” usiz ham g‘alaba qozonish yo‘lini topa oldi

Luish Figu: Ronalduning o‘rnini hech kim bosolmaydi, biroq “Real” usiz ham g‘alaba qozonish yo‘lini topa oldi


“Real” sobiq yarim himoyachisi Luish Figu “qaymoqranglilar”ning Krishtianu Ronaldu ishtirokisiz erishgan La Liga chempionligi haqida fikr bildirdi.

“Krishtianu uchun “Real”, “Real” uchun Ronaldu juda muhim edi. Uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Biroq klub usiz ham g‘alaba qozonish yo‘lini topdi”, — deydi Figu.

Ronaldu “Real”da 2009—2018-yillarda to‘p surgan, 2018-yilning yozida esa “Yuventus”ga o‘tgan. U madridliklar bilan 2 martadan La Liga va Ispaniya kubogida, 4 bor esa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 2019/2020-yilgi mavsumda “Real” azaliy raqibi “Barselona”ni 5 ochko ortda qoldirgan holda musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.

Krishtianu Ronalduning “El-Klasiko”lardagi top-5 golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют