» » 12 ta zarba va 8 ta gol. “Stop” tugmachasi ishlamayotgan Krishtianu Ronaldu va uning yangi rekordlari

12 ta zarba va 8 ta gol. “Stop” tugmachasi ishlamayotgan Krishtianu Ronaldu va uning yangi rekordlari


“Real” — “Atletiko” o‘yinida xet-trik qayd etgan Krishtianu Ronaldu bir kechaning o‘zida statistiklarni qiynab qo‘ydi. Chunki u yangi marralarni zabt etib ulgurgandi.

Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida xet-trik qayd etish borasida raqibi Lionel Messi bilan tenglashib oldi. Endi ular hisobida 7 tadan xet-trik mavjud.

Qiziq tomoni, Chempionlar ligasining ketma-ket ikki o‘yinida xet-trik qayd etish na Messiga va na boshqa bir futbolchiga nasib qilgan. Ronaldu esa avval “Bavariya”, keyinroq “Atletiko” darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi. “Bavariya” va “Atletiko” himoya chizig‘i Yevropadagi eng kuchlilaridan biri ekani inobatga olinsa, uch o‘yinda Ronaldu mana shu ikki klub darvozasiga 8 ta gol urishning uddasidan chiqa olgani yorqinlik kasb etadi.

Xullas, “Bavariya” va “Atletiko”ga qarshi jami uch o‘yinda 12 ta zarba va 8 ta gol. Bunday sermahsullik haqida faqat orzu qilish mumkin.

“Krishtianusi bor ‘Real’ni 4:0 hisobida mag‘lub etish bizga begona emas”, — deb aytib o‘tgandi “Atletiko” yarim himoyachisi Koke. Bunga javoban esa Ronalduning Chempionlar ligasidagi statistikasini keltirish o‘rinli.

“Atletiko” Chempionlar ligasida hozirga qadar 100 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Krishtianu Ronalduning o‘zi esa bu borada 103 ta gol urishga erishgan.

Chempionlar ligasining yarim finalida gol urish borasida hech bir futbolchi Ronalduning yoniga tusha olmaydi. “Atletiko”ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi 13 talik dovondan o‘tib oldi. Afsonaviy Alfredo Di Stefano Chempionlar ligasining yarim finallarida 11 ta gol urishga erishgandi.

Ronaldu ketma-ket olti mavsumdirki Chempionlar ligasida 10 ta yoki undan ko‘p gol urib keladi. Pley-offning so‘nggi uch o‘yinida 8 ta gol ura olgan hujumchi bu an’anasini davom ettirdi.

Krishtining bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichi 2013/14-yilgi mavsumda kuzatilgan bo‘lib, ushanda futbolchi Chempionlar ligasini 17 ta gol bilan yakunlagandi.

Chempionlar ligasining pley-offlarida Ronaldu 50 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘lib oldi.

Yaqindagina “Barselona” hujumchisi Lionel Messi klubi uchun 500-golni urgandi. “Atletiko”ga qarshi o‘yindan keyin Krishtianu Ronaldu “Real”dagi 400-aniq zarbasini bergan bo‘lib chiqdi.

Ronaldu 2009-yildan buyon “Real”ning La liga o‘yinlarida 280 ta gol urishga erishgan. Ispaniya kubogida 22 bor muvaffaqiyat qozongan portugaliyalik hujumchi, yevrokuboklarda jami 89 ta gol urgan. Qolgan turnirlarda esa o‘z hisobiga 9 ta gol yozib qo‘ygan.

Faqat meni emas, o‘yinni ajoyib o‘tkazgan butun jamoani tabriklashingiz mumkin.

Gol urish — mening vazifam. Biz o‘yinning boshidan to oxiriga qadar yaxshi o‘ynadik. Gollar esa buning mantiqiy rag‘bati bo‘ldi. Albatta, men urgan gollarimdan xursandman. Ammo eng muhimi baribir butun uchrashuvning biz uchun foydali yakun topganidir.

Krishtianu Ronaldu, “Real” a’zosi

Опубликовано: admin (3-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют