» » Rossiyada ro‘y bergan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyada ro‘y bergan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


25-aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyati Fyodorovsk tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Halok bo‘lgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi edi, deb xabar beradi “1News.uz”.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Engels–Yershov avtoyo‘lida (Samara–Volgograd federal trassasi uchastkasi) Munino qishlog‘i yaqinida Toyota Auris avtomobilining 33 yoshli haydovchisi ters yo‘lga chiqib ketgan. Buning oqibatida u 33 yoshli ayol boshqaruvidagi “VAZ-2115” mashinasi bilan to‘qnashgan.

“VAZ-2115” yo‘lovchilaridan biri, 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, mashinani boshqarib kelgan ayol jiddiy jarohat olgan va hozir og‘ir ahvolda. “VAZ-2115”ning ikki yo‘lovchisi va Toyota haydovchisi shifoxonaga tushgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, “VAZ-2115”da O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan edi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют