» » Video: Dunyodagi eng katta traktorga yangi shinalar o‘rnatish jarayoni

Video: Dunyodagi eng katta traktorga yangi shinalar o‘rnatish jarayoni


Avtomobil uchun yangi shinalarni xarid qilish — bu doimo kishini o‘ziga tortadigan hodisa bo‘lib kelgan. Axir oldinda yangi hissiyotlar bor. Ammo oilaviy xetchbekning g‘ildiragini almashtirish bilan dunyodagi eng katta qishloq xo‘jaligi traktornikini almashtirish o‘rtasida katta farq bor. YouTube’dagi Welker Farms kanali Big Bud traktoriga yangi shinalar o‘rnatilgani tasvirlangan rolikni taqdim etdi.

Big Bud 16V-747 dunyodagi eng mashhur traktorlardan biri hisoblanadi. Yagona nusxadagi ushbu traktor 1977-yilda Ron Xarmon kompaniyasi tomonidan Kaliforniyadagi paxta fermasi uchun, chuqur shudgor ishlarini amalga oshirish maqsadida yaratilgan. Bu kabi ishni faqatgina juda kuchli va og‘ir traktor bajara oladi, 1100 ot kuchiga ega Big Bud 16V-747 esa bunga ideal darajada mos keladi.

Big Bud yagona nusxada yaratilgani sabab unga ishlatiladigan ehtiyot qismlarini topish juda qiyin bo‘lgan. Ayniqsa, dastlab buyurtma asosida yaratilgan, biroq keyinchalik yopilib ketgan Kanadaning United Tire Company shinalarini topish qiyinchilik tug‘dirgan. Shunga qaramay, Williams Brotgers kompaniyasi yordamga kelib, sakkizta Goodyear LSW1400 / 30 R46 g‘ildiraklarini taqdim etgan.

Mavzuga doir: Arab shayxi “dunyodagi eng katta yo‘ltanlamas”ni namoyish qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют