» » Kevin de Bryuyne APLda Tyerri Anrining rekordini takrorladi

Kevin de Bryuyne APLda Tyerri Anrining rekordini takrorladi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Premyer Ligasining bir mavsumida golli uzatmalarni amalga oshirish bo‘yicha musobaqa rekordini takrorladi.

2019/2020-yilgi mavsumda belgiyalik futbolchi 35 o‘yinda 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2002/2003-chempionatda “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anri 37 ta uchrashuvda xuddi shuncha golga assistentlik qilgandi.

Tyerri Anrining APLdagi top-10 golini tomosha qiling (video)

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikki o‘rinni “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold egalladi (14). Kuchli uchlikka esa “Tottenhem” hujumkor yarim himoyachisi Son Hyon Min yakun yasab berdi (12).

Angliya Premyer Ligasining 2019/2020-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purar nomi “Lester” hujumchisi Jeymi Vardiga nasib etdi. 33 yoshli hujumchi mavsumning 35 o‘yinida 23 ta gol urdi. Ikkinchi o‘rindan 36 ta o‘yinda 22 ta gol bilan “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Sauthempton” hujumchisi Denni Ings yakunlab berdi. U 38 ta o‘yinda 22 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Shuningdek, “Manchester Siti” darvozaboni Ederson mavsumda eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazib (16 ta), “Oltin qo‘lqop”ni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют