» » Hamzat Chimayev Konor Makgregorni jangga chorladi

Hamzat Chimayev Konor Makgregorni jangga chorladi


Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Hamzat Chimayev promoushenning ikki vaznida chempionlikni qo‘lga kiritgan Konor Makgregorni jangga chorladi.

“Konor Makgregor — jo‘ja qalbli tap-mashina. Deyna Uayt, men ochman, menga desert ber”, — deya yozadi Chimayev Twitter’ida

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli irlandiyalik yakkakurashchi avvalroq faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Chimayev 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazdi va unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratdi. Shu tariqa Chimayev 10 kun ichida ikkita jang o‘tkazgan UFC tarixidagi ilk jangchiga aylandi.

Mavzuga doir: UFC tarixiga kirgan Hamzat Chimayev bir oy ichidagi 3-jangini o‘tkazishi mumkin

Chechenistonda tug‘ilgan Hamzat Chimayev 2011-yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘rab, yurtini tark etgan. Otasidan tashqari barcha oila a’zolari 2019-yilda Shvetsiyaga ko‘chib ketgan. Sportchining o‘zi esa xalqaro musobaqalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi.

Hamzat Chimayevning UFC’dagi ilk janglarini tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют