» » UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Konor Makgregorni jangga chorladi

UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Konor Makgregorni jangga chorladi


Yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Konor Makgregorni ushbu vazn toifasining eng yaxshi jangchisi unvonidan mahrum qilmoqchi.

“Bunday jangni kim ham xohlamaydi? Makgregorga qarshi jangni qabul qilmaslik ahmoqlikdir. Uning nomi yarim yengil vazn toifasi reytinglari va barcha davrlarning eng yaxshilari ro‘yxatida abadiy qoladi. Men uchun bu shunchaki pulni deb kurashishdan muhimroq.

Biroq uning ushbu vazn toifasida eng yaxshisi emasligini isbotlash uchun, hatto yengil vaznga ko‘tarilishga ham rozi bo‘lardim. Hozircha hech kim “jangchilar oroli”dagi bellashuvni tasdiqlamadi. Deyna Uayt va UFC’dan boshqa hech kim nima bo‘layotganini bilmaydi”, — deydi Volkanovski.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli avstraliyalik sportchining hisobida 20 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor. Makregor esa 26 ta jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan. U 2015-yilning 12-dekabrida Joze Aldoni mag‘lub etgan holda yarim yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Konor shuningdek, yengil vazn toifasi sobiq chempioni hisoblanadi.

Konor chempionlik jangida Joze Aldoni 13-soniya ichida nokautga uchratgandi (video)

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют