» » “Manchester Siti” Burkina-Faso terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

“Manchester Siti” Burkina-Faso terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzoladi


“Manchester Siti” Belgiyaning “Mexelen” klubi himoyachisi Issa Kabore bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Hozircha transfer qiymati ma’lum qilinmagan. Jamoa Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. Ta’kidlanishicha, Kabore kelasi mavsumni “Mexelen”da ijarada o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli himoyachi Belgiya klubiga 2019-yili Burkina-Fasoning “Raximo” klubidan o‘tgan. U Belgiya chempionatining yakuniga yetgan mavsumida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Burkina-Faso termasiga esa 2019-yildan beri chaqiriladi. Hozirgacha terma jamoa safida 2 ta uchrashuv o‘tkazgan.

“Manchechter Siti” Premyer Ligani 2-o‘rinda yakunlab, Chempionlar Ligasi guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют