» » Rembrandt avtoportreti auksionda rekord o‘rnatdi: u 18,7 mln dollarga sotildi

Rembrandt avtoportreti auksionda rekord o‘rnatdi: u 18,7 mln dollarga sotildi


Rembrandt tomonidan chizilgan avtoportret Londondagi auksionda 14,5 million funtga (18,7 million dollar) sotildi. Bu niderlandiyalik rassom tomonidan chizilgan avtoportretlarning rekord narxi hisoblanadi, deb xabar beradi Sotheby’s kimoshdi savdolari uyi saytida.

Polotno dastlab 12-16 million funtga baholangan. Uni qo‘lga kiritish uchun oltita kolleksioner “kurashgan”. Kartinaning auksion yakunidagi bahosi 2003-yilda o‘rnatilgan narxdan ikki barobar qimmatroqni tashkil etgan.

Rembrandt ushbu avtoportretni 1632-yilda 26 yoshida chizgan. U umri davomida 80 ga yaqin avtoportretlar chizgan bo‘lsa-da, auksionda sotilgan varianti Rembrandt o‘zini rasmiy kiyimda tasvirlagan ikkita noyob polotnodan biri hisoblanadi.

Kartina jahon san’atining besh yuz yillik tarixini o‘z ichiga olgan “Rembrandtdan Rixtergacha” savdolari doirasida sotilgan. Savdolar orqali 193 million dollar daromad ko‘rilgan bo‘lib, beshta lot 10 million dollarlik marradan oshib ketgan.

Auksion kechasining top-lotiga ispaniyalik rassom Joan Mironing abstraksionizm uslubida yaratilgan “Qizil shlyapadagi ayol” kartinasi aylangan. Dastlabki narxi 20-30 million dollar bo‘lgan lot 30,5 million dollarga sotilgan.

Mavzuga doir: Belgiyalik fuqaro tomonidan 500 yevroga xarid qilingan kartina Rembrandt qalamiga mansubligi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют