» » Farg‘onada maxsus komissiya ruxsati bilan buyum bozorlari ikki kun faoliyat yuritdi

Farg‘onada maxsus komissiya ruxsati bilan buyum bozorlari ikki kun faoliyat yuritdi


Farg‘ona viloyatidagi buyum bozorlari 29—30-iyul kunlari faoliyat yuritdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiyaning qarori bilan ikki kunga viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda joylashgan buyum bozorlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan. Farg‘ona viloyati hokimining matbuot kotibi Muhammadjon Obidov qanday sabablarga ko‘ra komissiya bu qarorga kelganiga izoh berdi.

“Birinchidan, Farg‘onada boshqa viloyatlarga nisbatan koronavirusga chalinganlarning soni juda kamligi. Ikkinchidan, Respublika maxsus komissiyasi qaroridan tashqari viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarorlari asosida karantin qoidalariga juda ham qat’iy rioya qilinayotganligi. Uchinchidan, bozorlarning kirish qismida maxsus dezinfeksiyalovchi tunellar tashkil qilinib, sotuvchi va xaridor orasida 1,5-2 metr ijtimoiy masofani va shu kabi karantin normalarini to‘la ta’minlash bo‘yicha choralar joriy etilgan. To‘rtinchidan, Qurbon hayiti munosabati bilan aholining iltimoslariga ko‘ra, viloyat komissiyasi o‘zining vakolati doirasida bu qarorni qabul qilindi”, – dedi Obidov.

Monitoring natijalariga ko‘ra, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridagi ulgurji hamda chakana buyum bozorlariga qo‘shni viloyatlar — Namangan va Andijondan ham xaridorlar kelgani kuzatilgan.

Muhammadjon Obidovning qo‘shimcha qilishicha, barcha bozorlarda belgilangan karantin normalariga rioya qilgan holda savdo-sotiq qilingan.

“Bu birdagina qabul qilingan qaror emas. Viloyatdagi karantin holatini o‘rganib chiqib, avvaldan tayyorgarlik ko‘rgan edik. Kasallik, asosan, chet eldan kelgan va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda chiqyapti. Ularning barchasi va oila a’zolari, muloqotda bo‘lganlar karantinga olingan. Farg‘ona viloyatida aholi orasidan hozircha kasal chiqqani yo‘q. Agar kasallik ko‘payib ketmasa, vaziyat yumshay boshlasa, viloyat maxsus komissiyasi buyum bozorlar faoliyatiga ruxsat berish masalasini yana qayta ko‘rib chiqishi mumkin”, – dedi viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari.

O‘zbekistonda karantin choralari e’lon qilingandan buyon 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 251 nafar shaxs koronavirusga chalingani qayd etilgan. Shundan 225 nafari sog‘aygan, bir nafari vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют