» » Buxoroda 1-iyuldan jamoat transporti va buyum bozorlari xizmati vaqtincha to‘xtatiladi

Buxoroda 1-iyuldan jamoat transporti va buyum bozorlari xizmati vaqtincha to‘xtatiladi


Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Buxoro viloyat komissiyasining “Daryo”ga xabar berishicha, viloyatda 1-iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transporti va buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.

Ta’kidlanishicha, bunga aholi orasida kasallik ortib borayotgani, Buxoro shahri “sariq” hudud toifasiga kiritilganligi sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, keyingi 14 kun davomida aholi orasida kasallanish holatlari qayd etilmasa, komissiya qarori bilan jamoat transportlari harakati va buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda aholi orasida koronavirusga chalinish holati 2020-yil 26-iyun kuni qayd etilgan. O‘zbekistonda 27-iyun soat 23:30 dan 28-iyun soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 266 ta holat aniqlangan. Olti kundan buyon yangi kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda.

Ayni damda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 8031 kishiga yetdi. 5329 nafar bemor esa infeksiyadan forig‘ bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 22 nafarga yetgan. 28-iyunning o‘zida ikki kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Jizzaxda “qizil”, Andijonda “sariq” hududlar paydo bo‘ldi, Farg‘ona esa “yashil”ligicha qoldi. O‘zbekistondagi hududlar toifasi yangilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют