» » O‘zbekistonda 23-iyun kuni 201 kishida koronavirus aniqlandi. Sakkizta hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi

O‘zbekistonda 23-iyun kuni 201 kishida koronavirus aniqlandi. Sakkizta hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi


O‘zbekistonda 22-iyun soat 23:00 dan 23-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 201 ta holat qayd etildi. O‘zbekistonda to‘rtinchi marta bir kunda kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bu holatlarning barchasi iyun oyida sodir bo‘lgan (7-iyun — 237 kishi, 16-iyun — 230 kishi, 20-iyun — 207 kishi). 23-iyunda qayd etilgan yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6662 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

23-iyun davomida 110 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6662 nafar bemordan 4560 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2083 nafar bemordan 17 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 36 294 nafar, statsionar karantinda esa 22 656 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют