» » O‘zbekistonda 15-iyun kuni 183 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning 29 tasi aholi orasida qayd etildi

O‘zbekistonda 15-iyun kuni 183 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning 29 tasi aholi orasida qayd etildi


O‘zbekistonda 14-iyun soat 23:00 dan 15-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 183 ta holat qayd etildi. Bu bir kun davomida eng ko‘p kasallik aniqlanishi bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi natija. 7-iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlangandi.

Yangi qayd etilgan holatlarning

15-iyun davomida 76 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 33 nafari Navoiy viloyatidagi, 24 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi, 2 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5263 nafar bemordan 4019 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1225 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 27 379 nafar, statsionar karantinda esa 20 963 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют