» » O‘zbekistonda 13-iyun kuni 97 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari keskin kamaydi

O‘zbekistonda 13-iyun kuni 97 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari keskin kamaydi


O‘zbekistonda 12-iyun soat 23:00 dan 13-iyun soat 23:00 ga qadar 97 kishida koronavirusga chalinish holati qayd etildi.

9-iyundan beri endi koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmadi. O‘shanda 80 kishida koronavirus aniqlangan. 10-iyunda 103 kishida, 11-iyunda 118 kishida, 12-iyunda esa 128 kishida virus qayd etilgandi.

13-iyunda Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 97 bemorning

13-iyun davomida 116 kishi kasallikdan sog‘aydi. Shundan 85 nafari Toshkent shahridagi, 15 nafari Samarqand viloyatidagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют