» » O‘zbekistonda 12-iyun kuni 128 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda 12-iyun kuni 128 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi


O‘zbekistonda 11-iyun soat 23:00 dan 12-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 128 ta holat qayd etildi.

Kasallik qayd etilgan holatlarning

Yangi kasallikka chalinganlar soni 9-iyundan buyon o‘sib bormoqda: 9-iyunda 80 nafar, 10-iyunda 103 nafar, 11-iyunda 118 nafar va 12-iyunda 128 nafar bemor.

12-iyun davomida 121 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 120 nafari Toshkent shahridagi, 1 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4869 nafar bemordan 3758 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Bemorlarning 844 nafari Toshkent shahridagi davolash muassasalarida, 248 nafari esa O‘zbekistonning 8 hududidagi shifo maskanlarida davolanmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1092 nafar bemordan 13 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan 15-martdan shu kungacha ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni bir vaqtda 15 nafarga yetmagandi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 25 100 nafar, statsionar karantinda esa 23 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют