» » Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin


“O‘zgidromet” 1–2-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1-avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

2-avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Keyinchalik avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar, asosan, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi.

Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning so‘nggi o‘n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют