» » Krishtianu Ronaldu “Oltin butsa” uchun kurashdan chiqdi. U “Roma”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi

Krishtianu Ronaldu “Oltin butsa” uchun kurashdan chiqdi. U “Roma”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi


“Yuventus” klubi A Seriya so‘nggi turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Roma”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Undan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘rin olmadi.

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi mavsum yakunlariga ko‘ra “Oltin butsa” kurashidan chiqdi. Ronalduning hisobida 31 ta gol mavjud edi.

Ayni vaqtda to‘purarlar poygasida “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile yetakchilik qilmoqda — uning hisobida 35 ta gol mavjud. Avvalroq italiyalik futbolchi “Bavariya” forvardi Robert Levandovskidan (34) o‘zib ketgandi.

Krishtianu Ronalduning “Real” safidagi shedevr gollari yodingizdami? Ularni tomosha qiling (video)

Shu tariqa katta ehtimol bilan Immobile 2019/20-yilgi mavsum “Oltin butsa” sovriniga ega chiqadi. Chiro A Seriya doirasidagi 36 o‘yinda 35 ta gol urdi va o‘nta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchi gollarning 14 tasini penaltidan kiritgan.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют