» » Ideal holatda saqlangan “Zaporojets” yarim asr oldingi narxidan 86 barobar qimmatroqqa sotuvga qo‘yildi

Ideal holatda saqlangan “Zaporojets” yarim asr oldingi narxidan 86 barobar qimmatroqqa sotuvga qo‘yildi


“Avto.ru” saytida 1968-yilda ishlab chiqarilgan “ZAZ-965” modeli 1,55 million rubl (21,7 ming dollar) narxda sotuvga qo‘yildi. Shunday qilib, ushbu modelning narxi 1960-yillarda bozorda sotuvga chiqqan vaqtidan buyon 86 barobarga qimmatlashgan, deb xabar beradi Motor.

Narxning yuqoriligi “Zaporojets” holatining yaxshiligi bilan izohlanmoqda: u biror marta restavratsiya qilinmagan, original ehtiyot qismlari almashtirilmagan. Avtomobilga havo yordamida sovitiladigan 887 santimetr kubli motor o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, 1960-yillar boshida “Zaporojets”ni 18 ming rublga (1961-yilgi denominatsiyaga qadar) xarid qilish mumkin bo‘lgan. Bu esa “Auto.ru” orqali sotuvga qo‘yilgan model narxidan 86 barobarga arzon demak.

“ZAZ-965” modeli 322 nusxada turli modifikatsiyalarda ishlab chiqarilgan.

Avvalroq Moskvada 27 yillik “Zaporojets” Lada Granta narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: 25 yil garajda harakatsiz turgan “Zaporojets”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют