» » Karim Benzema Chempionlar Ligasi to‘purarlari umumiy ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Karim Benzema Chempionlar Ligasi to‘purarlari umumiy ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Manchester Siti” darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi (1:2).

Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasidagi 65-golini urdi va musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida “Bavariya” forvardi Robert Levandovskini (64) ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Polshalik futbolchi mazkur natijani yaxshilashi mumkin. 8-avgust kuni “Bavariya” 1/8 final javob o‘yinida “Chelsi”ni qabul qiladi. Robert YChL joriy mavsumida 11 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda ketmoqda.

Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 130 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rindagi Lionel Messida (“Barselona”) 114 ta gol mavjud. Madridliklar sobiq hujumchisi Raul Gonsales esa 71 ta gol bilan kuchli uchlikni yakunlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют