» » O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorning xostel ochishi va turistlarga kvartira ijaraga berishiga ruxsat etildi

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorning xostel ochishi va turistlarga kvartira ijaraga berishiga ruxsat etildi


Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi. Ushbu o‘zgarish hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘grisida”gi 2020-yil 10-iyuldagi qarorida belgilangan.

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatdagi 37-bandga kiritilayotgan o‘zgarishga muvofiq xostel ochishi mumkin. Bungacha mazkur bandga faqat “Oilaviy mehmon uylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish” belgilab qo‘yilgandi va endi YaTTlarga oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat berildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar endi turistik faoliyat-turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Avval ro‘yxatdagi 80-bandga ko‘ra, faqat ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha turistik faoliyatga ruxsat berilar edi.

Shuningdek, ro‘yxatga yana bir 86-band qo‘shilmoqda va unda turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha) xizmatini amalga oshirish ham ro‘yxatdagi faoliyat turlari qatoriga kirmoqda.

Iyun oyi boshida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “Tiklanish yo‘li” xalqaro onlayn turizm konferensiyasida O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshirilishini ma’lum qilgan. Keyinchalik, Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 16-iyun kuni xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ichki turizm sohasida 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlash mumkinligi ta’kidlangandi.

20-iyunda esa O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun ikki oy ichida yangi  — Uzbekistan is my second home (O‘zbekiston — ikkinchi uyim) immigratsion viza turi ishlab chiqilishi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют