» » Bir o‘lcham kattaroq olish kerak bo‘lgan kiyimlar

Bir o‘lcham kattaroq olish kerak bo‘lgan kiyimlar


Aksariyat ayollar, u yoki bu narsa xarid qilishda kichikroq o‘lchamdagi buyumlarni ma’qul ko‘radi. Ammo bunday kiyimlarda nafas olish qiyinligini hisobga olmaydi.

Kiyim sotib olishda bunday yondashuv mutlaqo noto‘g‘ri. Quyida o‘lchamga kattaroq olish zarur bo‘lgan kiyimlar haqida so‘z yuritiladi.

Futbolka. Bu buyum bir yuvgandan keyin qisqaradi. Shuning uchun kattaroq o‘lchamdagi futbolkani olishga harakat qiling.

Yoqali kofta. Ular futbolkalarga qaraganda 3-5 % kamroq siqadi. Bunda qiyinchilik shundaki, ko‘ylakning qaysi qismi qisqarishi ma’lum emas: yoqasi, yelkasi yoki qo‘li. Shuning uchun yopishib turuvchi modellardan voz keching.

Jundan qilingan jemper. Birinchidan, jun buyumlar qisqaradi. Ikkinchidan, keng, qulay kiyimlar torga qaraganda ancha yaxshiroq.

Paypoq. Ular asosan paxtadan qilingani sabab bir yuvganda qisqaradi. Sizga oyog‘ingizni siqadigan paypoq kerak emas, albatta.

Ichki kiyim. Kattaroq o‘lchamda olishga harakat qiling. Shuningdek, ichki tomondan siqmaydigan yoki teri kesmaydigan ichki kiyimda siz qulaylikni his qilasiz.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют