» » “Chelsi” so‘nggi 29 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi

“Chelsi” so‘nggi 29 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi


“Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Bavariya”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — 1:4.

Frenk Lempard jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Myunxen klubiga 1:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa London klubi Chempionlar Ligasida ilk bor bir pley-off raundida yettita to‘p o‘tkazib yubordi.

“Chelsi” 2019/20-yilgi mavsumda o‘z darvozasidan jami 79 ta to‘p olib chiqdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinda 1,44 ta gol degani. Mazkur ko‘rsatkich 1990/91-yilgi mavsumdan (1,64) keyingi eng yomon natija hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Ko‘klar” 2019/20-yilgi mavsum Angliya chempionatida 4-o‘rinni egalladi. Chempionlar Ligasida esa nimchorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют