» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 9-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni rasman 30 197 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, so‘nggi 11 soat ichida 279 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

aniqlangan. Ushbu 279 ta holatning bari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

“Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida; shu tariqasi, SSV hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 190 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 8 avgust kuni 693 kishida koronavirus aniqlandi. Kunlik o‘lim holatlari 5 taga tushdi

9-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 21 316 kishi (jami kasallanganlarning 71 foizi) sog‘aygan. Ayni vaqtda 8 691 bemor davolanishni davom ettirmoqda — 1248 nafar bemorning ahvoli og‘ir, shundan 274 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют