» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi beshta tuman hokimini jazoladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi beshta tuman hokimini jazoladi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi beshta tumanning hokimini jazoladi. Bu haqda, shahar hokimining 8-avgustdagi 113-f sonli farmoyishiga asoslanib, “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov, Yunusobod hokimi Rahmonbek Usmonov, Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Farmoyishda qayd etilishicha, sanab o‘tilgan tumanlarning rahbari “pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirayotganligi hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi” uchun jazolangan.

Mavzuga doir:

Avvalroq, 8-avgust kuni Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurotov o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. “Xabar.uz”ning yozishicha, hokim bilan birga Sergeli tumani prokurori, IIB boshlig‘i va bosh soliqchisi ham ishdan olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют