» » Vinisius Junior “Real”dagi holatidan norozi. U PSJga o‘tib ketishi mumkin

Vinisius Junior “Real”dagi holatidan norozi. U PSJga o‘tib ketishi mumkin


Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior “Real”ni tark etishi mumkin.

Marca’ning xabar qilishicha, 20 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Manchester Siti”ga qarshi kechgan 180 daqiqalik o‘yinda bor-yo‘g‘i 75 daqiqa harakat qilganidan norozi. Manchesterdagi bahsning ikkinchi bo‘limida Azarning o‘rniga kamdan kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan Luka Yovich maydonga tashlandi, Vinisius esa hatto chigalyozdi mashqlariga ham yuborilmadi.

Vinisius koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus vaqtida kuchli tayyorgarlik ko‘rgan va raqobatchisi Eden Azarning yaxshi formada emasligi sabab restartdan keyin asosiy tarkibda ko‘proq tushirishlarini kutgan.

Biroq Vinisius mavsum qayta boshlangandan keyin 19 o‘yinning bor-yo‘g‘i to‘rttasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shuningdek, u “Real”ning mavsum davomidagi 51 o‘yinida 17 marta boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Zinedin Zidan futbolchini “Xetafe”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirmaganidan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan.

Ta’kidlanishicha, vaziyatni PSJ diqqat bilan kuzatmoqda va uni ijaraga bo‘lsa ham jamoaga olib kelmoqchi. PSJ anchadan buyon braziliyalik iqtidor egasiga qiziqib keladi. Parij klubi 2019-yilning yozida Vinisius va ma’lum miqdordagi pul evaziga Neymarni “Real”ga berishga tayyor bo‘lgani xabar qilingandi.

Shuningdek, unga Angliya Premyer Ligasi top-6 klublarining ikkitasi qiziqish bildirgan, biroq ularga rad javobi berilgan.

Vinisius La Liga 2019/20-yilgi mavsumida jami 29 o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

“Yangi Neymar” bo‘lishi kutilgan Vinisius Junior o‘zi kim? Unda ushbu rolikni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют