» » Anjelina Jolining garaji: Gollivud yulduzi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)

Anjelina Jolining garaji: Gollivud yulduzi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)


Gollivudning eng mahoratli aktrisalaridan biri Anjelina Joli doimo muxlislar tomonidan kuzatuvda. Aktrisaning shaxsiy hayoti, faoliyati va hatto vaznigacha qiziq. Uning qanday avtoulovdan foydalanishi ham kuzatuvchilarni o‘ylantirishi tabiiy hol.

Cadillac Escalade

Ushbu avtomobil ko‘plab amerikalik mashhur reperlar hamda aktyorlarning garajidan  topiladi. Escalade ancha vaqtdan beri shon-sharafning sinonimiga aylanib qolgan. Albatta, yo‘l yuzida ketayotgan bunday mashina barchaning e’tiborini tortadi, shuning uchun ham ko‘plab yulduzlar yana bir bor o‘zlarining maqomini ko‘rsatish uchun ham aynan shu mashinani tanlaydi. Ammo, Anjelina Escalade’ni asosan 7 kishilik bo‘lgani uchun tanlagan. Ma’lumki, aktrisaning 6 ta farzandi bor va ko‘pincha ular bilan bo‘lganida ushbu avtomobildan foydalandi. Anjelida gohida kechki ziyofat yoki uchrashuvlarda ham aynan Cadillac’ni tanlaydi, u foydalanadigan avtoulov mashinaning oxirgi versiyasi.

Ford Expedition

Jolining kolleksiyasiga tegishli yana bir avtomobil – 2018-yilda ishlab chiqarilgan oq Ford Expedition. Aktrisa ushbu mashinani Los-Anjeles ko‘chalarida tez-tez haydab turadi. Avtomobilning sig‘imi 7 kishiga qulay tarza moslashtirilgan. Xususiyatlariga ko‘ra, Expedition Ford brendli avtomobillar tarixidagi mashinalar ichida eng ilg‘ori hisoblanadi va 3,5 litr yoqilg‘iga olti silindirli turbomotor va 375 ot kuchiga teng.

BMW Hydrogen 7

Aktrisa noyob BMW gibrid modelining ham ajoyib egasi hisoblanadi. Nemis brendiga mansub ushbu model atigi 100 dona avtomobil ishlab chiqargan va ularning bittasi aynan Anjelina Joli uchun atalgan. Mazkur mashina benzin (260 ot kuchi) yoki vodorod (228 ot kuchi)da ishlay oladi, buning uchun 74 litrli benzobak va 8 kiloli vodorod silindiri mavjud. BMW Hydrogen yo‘lning bir qismini vodorodda, yana bir qismini benzinda bosib o‘tishi mumkin. Avtomobilning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 9,5 soniya kifoya.

Land Rover Range Rover

Atrisaning kolleksiyasidan qora rangli Range Rover ham o‘rin olgan. Aktrisa undan odatda dam olish kunlari foydalandi. Guvohlarning ta’kidlashicha, u kamdan kam hollarda, oilasi bilan bo‘lmagan paytda yoki sayr qilganda ushbu avtomashinani boshqaradi.

Chevrolet Tahoe

Joli hajman katta mashinalarni yoqtiradi va kolleksiyasidan ham ko‘proq shundaylari o‘rin olgan. Uning to‘plamidagi yana bir mashina – Chevrolet Tahoe. Bir muddat aktrisa doimiy shu mashinadan foydalangan. Uni tez-tez aynan shu avtomobil boshqaruvida ko‘rganlar, aktrisa to‘plamidagi eng yetakchi mashina bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Anjelina ish yuzasidan uchrashuvlar, ijtimoiy tadbirlar va taqdirlsh marosimlariga ham Chevrolet Tahoe mashinasida boradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют