» » O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlangani rad etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlangani rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bu holatga nisbatan idora rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 8-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga go‘yoki nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta’sischisi Mubashshir Ahmad ma’qullandi, degan mazmundagi xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur asossiz xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e’lon qilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida Usmonxon Alimov faoliyatlarini davom ettirmoqda.

“Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta’limotlariga ko‘ra, qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!”, – deyiladi idora xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют